SportUz.Net
iks
ads

Isroil Madrimov Toshkentda sobiq raqibi Krouford bilan uchrashdi (FOTO+VIDEO)

14.11.2025 12:54    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning super o'rta vazn toifasida amaldagi jahon chempioni, amerikalik Terens Krouford poytaxtimizda mehmon bo'lib turibdi.

38 yashar bokschi bugun "Humo Arena"da o'tkaziladigan prof boks oqshomining faxriy mehmoni sifatida ishtirok etadi.

Qizig'i, Terens bugun o'zbekistonlik sobiq raqibi, yarim o'rta vazn toifasida WBA sobiq chempioni Isroil Madrimov bilan uchrashib qoldi.

Krouford va Madrimov 2024 yilning 4 avgust kuni Los-Anjelesda jang qilishgandi. O'sh ikki raund to'liq davom etgan o'sha jangda Terens ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.





Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: