
Maxachev kecha o'z intervyusida o'ta engil vazn toifasi chempioni Merab Dvalishvilini dunyoning eng kuchli ligasining eng yaxshi jangchilari qatoriga qo'shmagan edi. Islam P4P, vazn toifasidan qati nazar UFC`ning eng kuchli beshligini tuzishda xatoga yo'l qo'yganini tan oldi.
"Merab Dvalishvilini unutibman. U eng yaxshilardan biri", - deb yozdi rossiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Maxachev strimer Eydin Ross bilan yaqinda bo'lib o'tgan suhbat chog'ida vazn toifasidan qati nazar tashkilotning eng yaxshi besh jangchisini sanab o'tgandi. U ro'yxatga o'zidan tashqari Aleksandr Pantoja, Tom Aspinall, Aleksandr Volkanovski va Iliya Topuriyani kiritgan edi.
Islam Merab Dvalishvilini ham qo'shib, avvalroq o'zi aytgan jangchilardan qaysi biri ro'yxatni tark etganiga aniqlik kiritmagan.
