
U ertaga poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida o'tkaziladigan prof boks oqshomida mehmon bo'ladi.
Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy davogar bo'lib turgan hamyurtimiz SHahram G'iyosov hamda Rossiya vakili Mark Urvanov o'rtasida kechadi. Jang 8 raund etib belgilangan.
Bundan tashqari, musobaqa doirasida Bahodir Jalolov, Lazizbek Mullojonov, SHohjahon Abdullaev, Aloxon Abdullaev, Rajab Butaev (Rossiya) singari taniqli charm qo'lqop ustalari ringga ko'tariladi.