SportUz.Net
iks
ads

Xabib Umar Nurmagomedov uchun majburiy janglarni sanab o'tdi

12.11.2025 13:18    


Rasmni yuklab olish

Umar Nurmagomedovning bosh murabbiyi va qarindoshi Xabib Nurmagomedovning fikricha, uning shogirdi professional faoliyatini yakunlashidan oldin uchta majburiy jang o'tkazishi kerak.

"Murabbiy sifatida Umar faoliyatini yakunlaguniga qadar Merab Dvalishvili va Pyotr Yan bilan jang qilishini istardim. Ular ushbu divizionning eng yuqori pog'onasida bo'lgan ikki jangchi. Men chindan ham Umar ularning har ikkisi hamda SHon O`Melli bilan jang qilishini xohlayman", - dedi Nurmagomedov.

O'tgan oyda Mario Bautistani mag'lub etgan Umar Nurmagomedov 6 dekabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 323 turnirining asosiy to'qnashuvi hisoblangan Merab Dvalishvili va Petr Yan o'rtasidagi o'ta engil vazn toifasidagi chempionlik jangi g'olibiga qarshi oktagonga chiqishiga umid qilmoqda. Ammo Umar har qanday holatda ham Liga unga taklif qiladigan istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorligini ham aytmoqda.

"Umar shunday dedi: "Agar ular menga titul imkoniyatini berishsa - men jang qilaman. Bo'lmasa, xohlaganingizni bering. Menga uning ishonchi yoqadi. U chempionlik yo'lida va uni to'xtatish juda qiyin bo'ladi", - deya qo'shimcha qildi Xabib.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: