
+91 kg vazn toifasida bahslarda qatnashayotgan amerikalik bokschi Richard Torres chorak finalda kubalik Dainier Peroni 4:1 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.
Endi u final chiptasi uchun Qozog'iston yoki Rossiya vakiliga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Torres 2019 yilgi jahon chempionati davomida hamyurtimiz Bahodir Jalolov tomonidan nokautga uchratilgandi.