SportUz.Net
iks
ads

UFC Fight Night 263 turnirining bonus sohiblari malum

02.11.2025 10:36    


Rasmni yuklab olish

Bugun tongda Las-Vegas shahrida o'tgan UFC turnirida kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha mukofot puli sohiblari elon qilindi.

Bu oqshomda "eng yaxshi jang" aniqlanmadi. Hech bir jang tashkilotchilarni etirof etish uchun ishontira olmadi. Boshqalardan ajralib turgan to'rt nafar jangchi esa yorqin ishtirok uchun bonusga loyiq ko'rildi. Stiv Garsiya, Kortes-Akosta, Jonson va Nasimento 50 000 dollar miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi.

Turnirning asosiy jangida yarim engil vazn toifasi vakili amerikalik Stiv Garsiya vatandoshi Devid Onamani birinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Og'ir vazn toifasi vakili Valdo Kortes-Akosta turnirning co-main event jangida xorvatiyalik raqibi Ante Deliya ko'ziga qo'lini suqib olgan bo'lsa-da, birinchi raundning o'zida nokaut evaziga kambekli g'alabani rasmiylashtirdi.    

Donte Jonson Sedrik Dyumani ikkinchi raundda sabmishn evaziga engdi. Allan Nasimento Kodi Dyordenni ikkinchi raundda sabmishn, anakonda bo'g'ish usulida mag'lubiyatga uchratdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: