SportUz.Net
iks
ads

UFC Fight Night 263 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

02.11.2025 10:06    


Rasmni yuklab olish

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC turnirining 13 ta jangidan 8 tasi muddatidan avval yakuniga etdi.

UFC Apex arena mezbonlik qilgan oqshomning asosiy jangi yarim engil vaznda o'tkazilib, unda divizion reytingida 12-o'rinni egallab turgan Stiv Garsiya 13-pog'onada borayotgan Devid Onamani birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. 

Turnirning co-main event jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda reytingning mos ravishda oltinchi va to'qqizinchi pog'onalarini egallab turgan Dominikan Respublikasi vakili Valdo Kortes-Akosta hamda xorvatiyalik Ante Deliya o'zaro to'qnash keldi. Deliya jangdan oldingi matbuot anjumanida Akostaga agar ko'zimga qo'lingni suqib olsang ayovsiz jazolayman degandi. 

Qizig'i, xuddi shu holat ro'y berdi. Faqat Deliya tomonida amalga oshirildi. Birinchi raundning to'rtinchi daqiqasida xorvatiyalik Kortes-Akostaning ko'ziga barmoqlarini suqib oldi va ko'zini qo'li bilan to'sib olgan raqibiga tashlandi. Referi Mark Smit qoida buzilish vaziyatini ko'rmay qoldi va jangni to'xatdi. Deliya g'alabasini nishonlay boshladi. Lekin vaziyat qayta ko'rib chiqilgach, xorvatiyalikning harakati qoida buzilishi sifatida talqin qilindi. Ko'zida muammo yuzaga kelgan bo'lsa-da, jangni davom ettirishga qaror qilgan Kortes-Akosta hayratlanarli kambek amalga oshirdi va raqibini nokautga uchratdi. 

Yodingizda bo'lsa, og'ir vazn toifasida amaldagi chempioni britaniyalik Tom Aspinall xuddi shunday holatda jangni davom ettirmaslikka qaror qilgan va o'z kamarini qo'lida saqlab qolgandi. Valdo qo'rqmadi va yakunda g'alabasini tantana qildi.   

UFC Fight Night 263 turnirining qolgan natijalariga to'xtaladigan bo'lsak, Yadier Del Valle, CHarli Radtke, Allan Nasimento, Billi Elekana, Donte Jonson va Talita Alenkar raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratishdi. 


UFC Fight Night 263 turnirining barcha jang natijalari (asosiy kard):

Stiv Garsiya Devid Onamani texnik nokautga uchratdi (zarba) – 1-raund, 3:34

Valdo Kortes-Akosta Ante Deliya nokautga uchratdi (zarba) – 1-raund, 3:59

Jeremiya Vells Temba Gorimboni ochkolar hisobiga yutdi (29-28, 29-28, 29-28)

Yadier Del Valle Isaak Dulgarianni sabmishn evaziga taslim etdi (ortdan bo'g'ish) – 1-raund, 3:41

CHarli Radtke Daniel Frunza sabmishn evaziga engdi (ortdan bo'g'ish) – 3-raund, 4:29

Allan Nasimento Kodi Dyordenni sabmishn bilan mag'lubiyatga uchratdi (anakonda usulida bo'g'ish) – 2-raund, 3:13


Prelim kard janglari

Billi Elekan Kevin Kristianni sabmishn evaziga yutdi (ortdan bo'g'ish) – 1-raund, 3:33

Timmi Kuamba CHan Xo Lini hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28)

Donte Jonson Sedrik Dyumani sabmishn evaziga engdi (nindzya usulida bo'g'ish) – 2-raund, 1:25

Norma Dyumont raqibasi Ketlin Vieyrani hakamlarning ayri qarori bilan taslim etdi (28-29, 29-28, 29-28)

Elis Ardelin raqibasi Monserrat Ruisni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 30-27)

Sok Xyon Ko Filip Rouni hakamlarning yakdil qarori bilan engdi (30-26, 30-27, 30-27)

Talita Alenkar raqibasi Ariani Karnelossini sabmishn evaziga taslim etdi (ortdan bo'g'ish) – 3-raund, 4:36



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: