SportUz.Net
iks
ads

UFC oktyabr oyining eng yaxshi jangini aniqladi

02.11.2025 08:42    


Rasmni yuklab olish

Dunyoning eng kuchli Ligasi matbuot xizmati tomonidan oktyabr oyining eng yaxshi jangi elon qilindi.

Yarimog'ir vaznda sobiq UFC chempioni chexiyalik Irji Proxazka hamda kamar uchun sobiq davogar amerikalik Xalil Rauntri o'rtasidagi to'qnashuv promoushenning oktyabr oyidagi eng yaxshi jangi deb topildi. 5 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilgan o'sha jangda dastlabki ikki raundni boy bergan Irji uchinchi raundda raqibini apperkot zarbasi bilan nokautga uchratgan edi. 

Bu Proxazka uchun professional MMA faoliyatidagi 32-g'alaba bo'lgandi. Uning hisobida yana 5 mag'lubiyat va 1 ta durang ham bor. CHexiyalik bundan avvalgi jangida Jamal Xillni ham mag'lubiyatga uchratgan edi. Rauntri esa faoliyatidagi sakkizinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. Hisobidagi g'alabalari 15 taligicha qolgandi. Uning ishtirokidagi yana bitta jang o'tkazilmagan deb topilgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: