SportUz.Net
iks
ads

UFC Fight Night 263 turnirining asosiy jangi birinchi raunddayoq to'xtatildi

02.11.2025 08:30    


Rasmni yuklab olish

Bugun tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

Biroz avval UFC Apex arenada yakuniga etgan oqshomning asosiy jangi yarim engil vazn toifasida o'tkazildi. Unda divizion reytingida 12-o'rinni egallab turgan Stiv Garsiya 13 pog'onada borayotgan Devid Onamaga qarshi oktagonga chiqdi. 

Amerikaliklar o'rtasidagi ushbu jang muddatidan avval yakuniga etdi. Birinchi raund yakunlanishiga ikki daqiqa qolgan bir paytda Garsiya Onamani ikkitalik aniq zarba evaziga nokdaun holatiga tushirdi. Keyin esa ketma-ket zarbalar yomg'irini yog'dirji. Referi Xerb Din jangning 3-daqiqasi 34-soniyasi o'tib borayotgan bir pallada bahsni to'xtatishga majbur bo'ldi. Stiv Garsiya katta ehtimol bilan yangilangan reytingda Top-10`da debyut qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: