
Ayni vaqtda AQShning Nevada shtatida UFC Vegas 33 turniri davom etmoqda. Biz uchun ahamiyatli jihati mazkur jang kechasida eng hamyurtimiz Zarruh Adashev ham o‘z jangini o‘tkazdi. U amerikalik Rayan Benuaga qarshi oktagonga ko‘tarildi.
Quvonarlisi butun jang davomida raqibiga nisbatan yaxshi va ajoyib tarzda harakat qilgan yurtdoshimiz jahonning eng nufuzli promoushenida ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ya’ni, 30:27, 30:27, 29:28 hisobida Adashev raqibidan ustun keldi.
Shu tariqa hamyurtimizning rekordi 4-3 urinishga keldi. Uning UFCdagi avvalgi ikki chiqishi muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.
Shu o‘rinda mazkur muvaffaqiyat bilan hamyurtimizni muborakbod etamiz.