SportUz.Net
photo photo

Yangi O'zbekistonda ayollar barcha sohalarda faol, hatto boksda ham!

31.07.2021 18:00    


Rasmni yuklab olish

Bugungi kunda xotin-qizlarimiz barcha jabhalarda, shu jumladan sport sohasida ham o'zlarini faol namoyon etishmoqda.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlarida yangi sportchilarning kashf qilinishi va ularning orasida ayol sportchilarning borligi esa bizni yanada quvontiradi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasining boks bo'yicha litsenzion turnirida g'oliblar aniqlanib, Tokio-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. 

Tursunoy Rahimova ham ularning qatoridan o'rin oldi va Vatanimiz sharafini himoya qilish baxtiga muyassar bo'ldi. U Tokio-2020 ringlarida raqiblari bilan munosib jang olib borib, O'zbekistonda ayollar orasida boksning rivojlanishiga o'ziga xos hissa qo'shdi. Tursunoy Rahimovaning bundan keyingi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: