SportUz.Net
iks
ads

Og'ir vazn vakili Arslanbek Maxmudov WBA kamarini qo'lga kiritdi

12.10.2025 10:48    


Rasmni yuklab olish

Kecha tunda Angliyaning SHeffild shahrida professional boks turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik Arslanbek Maxmudov britaniyalik Devid Allenga qarshi ringga ko'tarildi. Jang to'liq 12 raund davom etdi va unda Maxmudov hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi - 115–111, 116–110, 117–109.

Bu g'alaba rossiyalik bokschiga WBA Inter-Continental kamarini taqdim etdi. Maxmudov prof ringdagi 21-g'alabasi (19 tasi muddatidan avval)ni qo'lga kiritdi. Hisobidagi mag'lubiyatlari 2 taligicha qoldi. Arslonbek shu yilning iyun oyida Rikardo Braunni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi. 

Devid Allen esa bundan avvalgi jangini shu yilning may oyida Jonni Fisherga qarshi o'tkazib, raqibini beshinchi raundda texnik nokaut evaziga taslim etgandi. Uning hisobida 24 g'alaba (19 nokaut), 8 ta mag'lubiyat va 2 durang bor. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: