SportUz.Net
iks
ads

Islam Maxachev: "Ikki jangchini UFC`da kutyapman"

10.10.2025 08:00    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Islam Maxachev dunyoning eng kuchli Ligasida ikki jangchini hammadan ham ko'proq ko'rishni istayotganini aytdi.

Gap Usman Nurmagomedov va irlandiyalik Pol Xyuz haqida ketmoqda. Yaqinda bu ikki aralash yakkakurash ustasi Dubayda o'tgan PFL turnirida o'zaro oktagonda to'qnash kelishgandi. Revansh maqomidagi jangda Usman g'alaba qozonib, o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. 

"Ular ajoyib yigitlar va men ularni UFC’da kutaman. Ular bu erga kelishlari kerak. Ikkalasining ham mahorati zo'r, saviyasi juda yuqori. Usman uchun juda xursandman. U dunyoning eng kuchli Ligasiga kelishi va navbatdagi UFC chempioni bo'lishi kerak", - deya Maxachevning so'zlarini keltiradi Red Corner MMA.

Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev 15 noyabr kuni Nyu-York shahrida bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirining asosiy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenadan yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini tortib olishga urinib ko'radi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: