SportUz.Net
iks
ads

Qozog'iston boksining Olimpiadalardagi 16 yillik g'alabali seriyasi yakuniga etdi

27.07.2021 14:20    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonning -69 kg vazn toifasidagi bokschisi Ablayxan Jusupov bugun Olimpiya o'yinlarida ilk bosqich jangini o'tkazdi.

U Olimpiadadagi ilk jangini amerikalik Delante Jonsonga qarshi o'tkazdi va 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi. 

SHu tariqa, Qozog'istonning Olimpiadalardagi -69 kg vazn toifasidagi g'alabali seriyasi yakuniga etdi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Bobousmon Baturov himoya qilmoqda. 

Malumot uchun, 2004 yildan buyon Olimpiya o'yinlarida -69 kg vazn toifasida faqat qozog'istonlik bokschilar chempion bo'lib kelishardi. 

Yodingizda bo'lsa, 2016 yilgi Olimpiya o'yinlari finalida Daniyar Eleussinov SHahram G'iyosovni mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqqandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: