SportUz.Net
iks
ads

Og'ir vazn vakili UFC`dagi debyut jangidan keyinoq reytingda Top-10`ga kirdi

10.09.2025 12:42    


Rasmni yuklab olish

Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night 258 turniri natijalari asosida bir nechta vazn toifalarida reytinglar yangilandi.

Xususan, og'ir vazn toifasi Top-10`taligida ahamiyatga molik o'zgarish bo'ldi. PFL Gran-prisi g'olibi Ante Deliya Parij turnirida polshalik tajribali Marchin Tiburani birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. 

Debyut jangidagi ushbu yorqin g'alaba evaziga Ante UFC og'ir vaznlilar reytingida 9-o'ringa joylashdi. Tibura esa aksincha, 7-o'rindan 10-pog'onaga pastladi. Sergey Spivak va Derrik Lyuis o'z o'rinlarini bir pog'onaga yaxshilab olishdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: