SportUz.Net
iks
ads

Jahon chempionatida chorak final janglari davom etadi. Besh nafar charm qo'lqop ustamiz qozoq bokschilari bilan to'qnash keladi

10.09.2025 10:51    


Rasmni yuklab olish

Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida chorak final bosqichidan o'rin olgan janglar o'tkaziladi.

Ushbu bosqich doirasida kun davomida O'zbekiston terma jamoaining 14 nafar vakili ringga ko'tariladi. 

18 nafar bokschi bilan musobaqaga yo'l olgan jamoamiz yo'qotishlarsiz ishtirokini davom ettirmoqda.

Juftliklar bilan tanishing:

-54 kg: Nigina O'ktamova - Yoseline Perez (AQSH) A ring. 16:15

-60 kg: Sitora Turdibekova - Viktoriya Grafeeva (Qozog'iston) A ring. 16:45

+80 kg: Oltinoy Sotimboeva - Nupur (Hindiston) A ring. 17:30

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Tadi Joyse (Irlandiya) B ring. 18:15

-70 kg: SHavkatjon Boltaev - Zeyad Eashash (Iordaniya) A ring. 18:30

-80 kg: Javohir Ummataliev - Nurbek Oralbay (Qozog'iston) A ring. 19:00

-90 kg: To'rabek Xabibullaev - Sag'indik Tog'ambay (Qozog'iston) B ring. 19:30

-51 kg: Feruza Kazakova - Mungunsaran Balsan (Mo'g'iliston) A ring. 22:15

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Jaismine (Hindiston) B ring. 22:45

-65 kg: Navbahor Hamidova - Sacha Hikkey (Angliya) B ring. 23:00

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Bibars Jeksen (Qozog'iston) A ring. 00:00

-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Ertug'an Zeinulinov (Qozog'iston) B ring. 00:45

-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Hamza Sriri (Belgiya) B ring. 01:00

+90 kg: Jahongir Zokirov - Omar SHiha (Norvegiya) A ring. 01:45.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: