SportUz.Net
iks
ads

Shohasan Mirzamatov yana Qozog‘iston vakiliga qarshi jang qiladi

24.07.2021 10:43    


Rasmni yuklab olish

U Almatida oktagonga ko‘tariladi.

21 avgust kuni Qozog‘istonning Almati shahrida MMA bo‘yicha mahalliy “Oktagon” hamda Bahraynning “Brave CF” promousheni hamkorlikda navbatdagi turnirini o‘tkazadi. Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu jang kechasida -77 kg vazn toifasidagi vakilimiz Shohasan Mirzamatov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Unga bu safar ham Qozog‘iston vakili raqib bo‘ladi. Ya’ni, hamyurtimiz Manas Temirbekovga qarshi jang qiladi.

Hamyurtimiz 16 iyul kuni “Oktagon 20” turnirida qozog‘istonlik Alibek Seyidazimni dastlabki soniyalardayoq mag‘lub qilgan edi.

Hozirga kelib yurtdoshimizning rekordi 3-1 ko‘rinish olgan. Manas Temirbekov esa 13 g‘alaba va 8 mag‘lubiyat qayd etgan.

Shu o‘rinda yurtdoshimizga ushbu jangda muvaffaqiyat tilab qolamiz!



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: