SportUz.Net
iks
ads

Tokio Olimpiadasida Bahodir Jalolovga qaysi bokschilar raqiblik qiladi?

22.07.2021 13:00    


Rasmni yuklab olish

Ertaga Tokioda navbatdagi Olimpiya o'yinlari boshlanadi.

Muxlislarimiz orasida qiziqishga sabab bo'layotgan bahslardan biri shubhasiz - boks musobaqalaridir. Bokschilarimiz ichida esa eng og'ir vaznli Bahodir Jalolovning chiqishiga qiziqish katta. 

SHuni inobatga olgan holda Olimpiadaning +91 kg vazn toifasida ishtirok etadigan bokschilar ro'yxatini etiboringizga havola qilamiz:

Afrika: 

Maksim Egnong (Kamerun)

CHuaib Buloudinat (Jazoir)


Amerika: 

Dainer Pero (Kuba)

Richard Torres (AQSH)

Kristian Salkodo (Kolumbiya)


Osiyo:

Bahodir Jalolov (O'zbekiston)

Siyovush Zuxurov (Tojikiston)

Satish Kumar (Hindiston)

Qamshibek Konkabaev (Qozog'iston)


Evropa:

Ivan Veriasov (Rossiya)

Mahammad Abdullaev (Ozarbayjon)

Frezer Klark (Britaniya)

Murad Aliev (Franciya)


Reyting bo'yicha:

Yusri Xafiz (Misr)

Danis Latipov (Bahrayn)

Rikardo Braun (Yamayka)

Cotne Rogava (Ukraina)


Eslatib o'tamiz, birozdan so'ng musobaqaning qura tashlash marosimi o'tkaziladi. 

Ushbu vazn toifasidagi janglar esa quyidagi kunlarga belgilangan:

29 iyul - 1/8 final

1 avgust - 1/4 final

4 avgust - 1/2 final

8 avgust - final



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: