
"Meni titulga olib boradigan jang o'tkazishni istayman. Agar Leon Edvardsga qarshi jang o'tkazishim kerak bo'lsa, men bunga tayyorman. CHempionlik uchun jangga qadar ikkita jang o'tkazishim kerak bo'lsa, unda menga Masvidalni beringlar. Edvard bilan undan keyin jang qilaman.
Men yana Kolbi Kovington bilan jang qilishni ham xohlayman. Kamaru Usman ham mening rejalarimda bor. Ushbu diviziondagi har bir jangchini mag'lub etishni istayman, ayniqsa kuchli jangchilarni. O'ylashimcha, keyingi raqiblarim Masvidal va Edvards bo'ladi", - dedi Gilbert Byorns.