SportUz.Net

Sobiq hamyurtimiz Oleg Maskaev 46 yoshli Pakyaoning bugungi jangi haqida gapirdi

20.07.2025 18:42    


Rasmni yuklab olish

2006-2008 yillar oralig'ida og'ir vazn toifasida WBC chempioni bo'lgan Oleg Maskaev bugun tongda o'tkazilgan Menni Pakyao - Mario Barrios jangiga munosabat bildirdi.

— Barakalla, Pakyao. Menimcha, u bu jangda g'alaba qozondi. Unga nima uchun g'alaba berilmaganini tushuna olmadim. Lekin muxlislar hammasini ko'rishdi va ularning fikri eng asosiysi. 46 yoshiga qaramay, barcha afsonaning bugungi jismoniy holatiga guvoh bo'ldi. U o'zidan 16 yoshga kichik amaldagi chempionga qarshi ringga chiqdi va bu bilan jiddiy tavakkal qildi. Jangni tomosha qilish asnosida Barrios Menniga qaraganda ko'proq tavakkal qilgandek tuyuldi. Yana bir bor ajoyib jang bilan Pakyaoni tabriklayman. 

— Pakyaoning Barrios bilan revansh jangini ko'rishni xohlaysizmi?

— Yo'q demasdim. Ammo revansh jangida ham ko'p narsa o'zgarmasa kerak. Agar yil oxirigacha tashkil etilsa ustunlik aniq filippinlik tomonida bo'lishiga ishonchim komil. Barrios 12 raund davomida muvaffaqiyat kalitlarini topa olmadi. Bundan keyin ham topa olmasa kerak. Gap shundaki, hakamlarning bunday adolatsiz qaroridan keyin Menni Pakyaoning o'zi revanshga rozi bo'larmikan? 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: