Amerikalik aralash yakkakurash ustasi BMF kamari sohibi Maks Xolloueyga qarshi to'liq besh raundlik jang o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi.
"Dastin, tabriklayman. Sen haqiqatan ham UFC tarixidagi men ko'rgan eng yaxshi jangchilardan birisan. Sendek jangchi bilan oktagonni ikki bo'lganimdan xursandman. Bu men uchun katta sharaf edi", – deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida murojaat yozib qoldirgan Maxachev.
Dastin tug'ilib o'sgan Yangi Orlean shahrida tashkil etilgan UFC 318 turnirining asosiy jangida Maks hakamlarning yakdil qarori bilan 48-47, 49-46, 49-46 hisobida zafar quchdi. Jang yakunlanganidan keyin 36 yoshli Dastin Pore qo'lqoplarini oktagon markazida qoldirdi. Bu uning faoliyati yakunlanganiga ishora.