SportUz.Net

UFC 318 turnirining bonus sohiblari malum

20.07.2025 11:27    


Rasmni yuklab olish

Nyu-Orleanda UFC 318 turniri o'z nihoyasiga etdi.

Kechaning markaziy jangida Maks Xollouey Dastin Poreni ochkolar evaziga mag'lub etdi. 

Turnir yakuniga ko'ra, qo'shimcha bonuslar qo'lga kiritgan sportchilar nomi aniq bo'ldi. Unga ko'ra, eng yaxshi jang uchun Brendan Allen va Marvin Vettori, shuningdek eng yaxshi chiqish uchun Ateba Gote, Islam Dulatov va Karli Judis qo'shimcha 50 ming AQSH dollari miqdorida bonusga ega bo'ldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: