SportUz.Net

Xolloueyning Pore bilan BMF kamari uchun jangi to'liq davom etdi

20.07.2025 10:24    


Rasmni yuklab olish

AQSHning Luiziana shtati, Nyu-Orlean shahrida joylashgan Smoothie King Center majmuasida MMA bo'yicha UFC 318 turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqaning markaziy jangi engil vazn toifasida BMF kamari sohibi, Gavayi orollari vakili Maks Xollouey hamda ushbu vazn toifasida vaqtinchalik kamarning sobiq egasi Dastin Pore o'rtasida kechdi.

5 raund etib belgilangan titul jangi to'liq davom etdi. Hakamlar bir qarordan Xolloueyning g'alabasini elon qilishdi. Qayd etish joiz, Maks raqibini birinchi raqibini nokdaun holatiga tushirishga ulgurdi. 

Bu Dastin uchun faoliyati davomidagi so'nggi jangi edi. U karerasi davomida umumiy hisobda 40 ta jang o'tkazib, 30 ta g'alaba va 10 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirdi.

Xollouey esa bugun 35-jangida 27-g'alabasini qo'lga kiritib, so'nggi jangidagi Topuriyadan uchralgan mag'lubiyatni yuvib ketdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: