SportUz.Net

Frensis Ngannu zalga qaytdi: "Hammasiga tayyorman!"

19.07.2025 17:48    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni, PFL superchempioni Frensis Ngannu "qafas"ga qaytish istagida mashg'ulotlarni boshladi.

Bu haqda kamerunlik aralash yakkakurash ustasining o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar berdi. U mashg'ulotdan surat joylab, uning ostida izoh ham yozib qoldirgan. 

"Hayot bazan bizni sekinlashtiradi va yo'ldan ozdiradi, yuksalishimizni to'xtatishga harakat qiladi. Ammo shuni hech qachon unutmangki, sadoqat, qatiyat va intizom - sening birinchi ittifoqchilaringdir va ular seni hech qachon aldashmaydi. Men zalga qaytdim va o'zimni har qachongidan ham g'ayratliroq his qilyapman. Ro'y berishi mumkin bo'lgan hamma narsaga tayyorlanyapman", - deb yozgan "Yirtqich".

Hozircha Ngannuning keyingi raqibi aynan kim bo'lishi, jang qaysi ligada o'tkazilishi nomalum. Avvalroq kamerunlikning og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder bilan ehtimoliy jangi, sayyoramizning eng yaxshi kikbokschilaridan biri Riko Verxovenga qarshi trilogiyadan iborat janglari haqida malumot berilgandi. Yaqinda PFL ligasi rahbarlari tashkilotning kelasi yili Oq uyda bo'lib o'tadigan turnirda ehtimoliy ishtirokini muhokama qilish doirasida uning Vadim Nemkovga qarshi jangini tilga olishgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: