Turnir bosh tashkilotchisi Turki Al ash-SHeyxning aytishicha, asosiy jangi Terens Krouford - Saul Alvares bo'lgan oqshom kardidan jami 20 ta jang o'rin oladi. Ammo bu janglar bir kunda o'tkazilmaydi.
"Anderkard janglari 2-3 kun davomida o'tkaziladi. Hozir ixtiyorimizda 20 tadan ko'proq janglar bor. Jangchilarning 95 foizi iqtidorli yoshlardan iborat. Dunyo boks muxlislari bo'lajak yulduzlarning katta yo'l avvalidagi janglaridan bahramand bo'lishadi. Maqsadimiz — istedodlarga o'zini ko'rsatish uchun imkon berish", — dedi Saudiya Arabistoni ko'ngilochar Bosh boshqarmasi rahbari, The Ring brendi egasi Turki Al ash-SHeyx.
Malumot uchun, Saul "Kanelo" Alvares va Terens Krouford o'rtasidagi jang 65 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oluvchi Allegiant Stadium arenada o'tkaziladi va Netflix striming servisi tomonidan translyaciya qilinadi.