Oqshomning asosiy jangi filippinlik 46 yoshli boks afsonasi Menni Pakyao hamda yarimo'rta vaznda WBC chempioni Mario Barrios o'rtasida o'tkaziladi. To'rt yillik tanaffusdan so'ng katta boksga qaytgan Pekmen faoliyatidagi katta vaznlardan birini qayd etdi - 66,59 kg! 30 yoshli Barrios esa 66,32 kg tosh bosdi.
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo'lgan Pakyao 2012 yilda yarimo'rta vazn uchun 66,68 kg vazn ko'rsatgandi. Qolgan barcha janglarida filippinlikning vazni meyordan kam bo'lgan.
Turnir kardida bitta o'zgarish kuzatildi. Sobiq jahon chempioni Isaak Krusga qarshi ringga chiqishi kerak bo'lgan Anxel Fiero sog'lig'ida yuzaga kelgan muammo sabab jangdan echildi. Uning o'rnini endi Omar Salsido egallaydi. Krus tarozida 62,96, Omar esa 63,23 kg tosh bosgandi.
Las-Vegasdagi oqshomning co-main event jangi sobiq jahon chempioni Sebastyan Fundora hamda avstraliyalik Tim Czyu o'rtasida kechadi. Baland bo'yga ega Fundora — 69,22 kg, Czyu esa — 69,49 kg vazn qayd etdi.
Barcha tarozi natijalari:
Sebastyan Fundora — 69,22 kg
Tim Czyu — 69,49 kg.
Isaak Krus — 62,96 kg
Omar Salsido — 63,23 kg.
Brendon Figeroa — 57,15 kg
Joet Gonsales — 56,7 kg.
Geri Rassell-mladshiy — 59,69 kg
Ugo Kastaneda — 61,6 kg.
David Pikasso — 56,7 kg
Kyonosuke Kameda — 57,15 kg.
Mark Magsayo — 58,51 kg
Xorxe Mata — 58,51 kg.