SportUz.Net
iks
ads

Madrimovning vaznida mutlaq jahon chempionligi uchun kechgan jang kutilmagan natija bilan yakunlandi

18.07.2021 10:40    


Rasmni yuklab olish

Bir necha soat avval AQSHning Texas shtatida navbatdagi boks kechasi bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy jangida birinchi o'rta vazn toifasida jahon chempionlari - Jermall CHarlo va Brayan Kastano o'zaro birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilishdi. O'n ikki raundga mo'ljallagan bahs to'liq davom etdi. 

Hakamlarning hisob-kitobiga ko'ra jang durang (117-111, 113-114, 114-114) natija bilan yakunlandi. Tabiiyki, jangda mutlaq jahon chempioni aniqlanmay qoldi. Endi katta ehtimol bilan revansh jangi tashkil etilsa kerak.

Eslatib o'tamiz, ushbu vaznda hamyurtimiz Isroil Madrimov ham o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: