Avvalroq, ushbu jangning tashkil etilishi haqida xabarlar tarqagandi. Britaniyalik bokschining jamoasidagilar bu xabar asosga ega ekani, ayni paytda chindan ham tomonlar o'rtasida muzokara ketayotganini tasdiqlashdi.
Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirnning aytishicha, Turki Al ash-SHeyxning shaxsan o'zi ushbu jangning o'tkazilishiga katta qiziqish bildirmoqda. Jeyk Pol meksikalik Xulio Sezar CHavesni mag'lubiyatga uchratganidan keyin aynan Joshuaga "vyzov" tashlagandi.
"Ha, biz bu jangni muhokama qildik – men kecha Turki Al ash-SHayx bilan shu masalada uchrashib, gaplashib oldim. Turkining o'zi ham Jeyk Pol bilan ko'rishgan. To'g'risi, biz buni kutmagandik. Joshua Polga qarshi jang o'tkazadi, degan jumlaning ishlatilishi o'zi kulguli. Lekin voqealar rivoji biz kutmagan tomonga qarab ketmoqda. Lekin bizning asosiy rejamiz – kelasi yili Tayson Fyuriga qarshi jang o'tkazish. Ammo orada Jeyk Pol bilan jang tashkil qilsak ham yomon bo'lmaydi. Ey Jey buni katta xursandchilik bilan amalga qabul qiladi", – deya Pro Boxing Fans nashriga intervyu bergan Xirn.
Jangiga 5 kun qolgan 46 yoshli Menni Pakyao ayni paytdagi aktual formasini ko'rsatdi + FOTO