SportUz.Net
iks
ads

UFC Vegas 31. Amanda 35 soniyada raqibasini nokautga uchratdi

18.07.2021 09:40    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tmoqda.

UFC Vegas 31 oqshomi doirasidagi qiziqarli janglarning birida braziliyalik 34 yoshli Amanda Lemos meksikalik 28 yashar Montserrat Ruisga qarshi oktagonga ko'tarildi. Engil vaznda o'tgan jang 35-soniyadayoq to'xtatildi. Amanda qo'lda yo'llangan aniq zarba evaziga raqibasini nokautga uchratdi.   

Bu Amanda Lemos uchun UFC promoushenidagi beshinchi jang bo'ldi. O'zining debyutida mag'lubiyatga uchragan braziliyalik sportchi ketma-ket to'rtinchi jangida g'alaba qozondi. Montserrat Ruis uchun esa bu ikkinchi jang edi. Endi uning hisobida bittadan g'alaba va mag'lubiyat bor. 

Birozdan so'ng oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasining kelajagi sifatida qaralayotgan rossiyalik Islam Maxachev braziliyalik Tiago Moyzesga qarshi oktagonga ko'tariladi. 






Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: