SportUz.Net

Teremoana Junior: "Jalolov bilan prof ringda jang qilsak..."

18.06.2025 09:06    


Rasmni yuklab olish

Avstraliyalik superog'ir vaznli bokschi Teremoana Junior (8-0, 8 KO) kelgusidagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

"Men bu erga superog'ir vazn toifasida chempionlikni qo'lga kiritish uchun kelganman. Albatta, zinapoyaga qadamma-qadam ko'tarilishim kerak. Men buni o'sha paytda mashhur bo'lgan "Fight Night" o'yinidagi kabi amalga oshirishni xohlayman. Hech kimni o'tkazib yubormasdan, hammani mag'lub et. 

Jalolov? U yaxshi bokschi. Men uni hurmat qilaman. U ikki karra Olimpiya chempioni. Lekin bu haqiqiy jang bo'lsa, professional bokschilar sifatida bellashsak, 12 raundlik jangdan qocha olmaydi. Balki moliyaviy taklif etarli bo'lsa, men bilan jang qilar, lekin menimcha, u mendan qochadi, chunki Jalolov o'z vazifasini biladi. O'sha jangdan keyin ham u mening oldimga keldi. Bahodir mendan engilishini biladi", dedi Teremoana.

Eslatib o'tamiz, avstraliyalik charm qo'lqop ustasi 14 iyun kuni o'z yurtida bo'lib o'tgan boks oqshomi doirasida Alim Uitfildni nokaut qilgandi. Bu Teremoananing ketma-ket sakkizinchi g'alabasi bo'ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: