SportUz.Net

UFC Nursulton Ro'ziboevning navbatdagi jangini elon qildi (+POSTER)

18.06.2025 04:15    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro'ziboev keyingi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi rasman elon qilindi.

Unga ko'ra, hamyurtimiz 17 avgust kuni CHikago shahrida tashkil etiladigan UFC 319 turnirida oktagonga ko'tariladi.

O'sha kuni unga amerikalik Brayan Battl raqiblik qiladi. 

Malumot uchun, Andijonda tug'ilgan Ro'ziboev faoliyati davomida 47 ta jang o'tkazib, 36 g'alaba, 9 mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. U bilan tengdosh, The Ultimate Fighter 29 shousining g'olibi Brayan Battl hisobida esa 12 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. U so'nggi to'rtta jangining barchasida raqiblaridan ustun kelgan.

UFC 319 turnirining markaziy jangi o'rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi hamda davogar Xamzat CHimaev o'rtasida kechadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: