SportUz.Net
iks
ads

Maxachev: “G'alabadan so'ng TOP-5 dan bir nechta raqib chiqadi deb o'ylayman"

15.07.2021 12:20    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik engil vaznli sportchi Islam Maxachev 18 iyul kuni UFC Vegas 31 oqshomining asosiy jangida Tiago Moyzes bilan bo'ladigan to'qnashuv haqida o'z taxminlari bilan o'rtoqlashdi.

“Men juda xursandman, chunki bu mening UFC`dagi birinchi asosiy jangim. Besh raund - bu yaxshi. Ular menga chempionlik jangini berishdan oldin bir necha bor besh raundlik jang o'tkazishim kerak bo'ladi. Men uni his qilishim kerak.

SHuning uchun ular menga qo'ng'iroq qilib, besh raundlik jang qilishni xohlaysizmi, deb so'rashganda, men "albatta" dedim. Men har doim qattiq mashq qilaman, shuning uchun besh raund muhim emas.

Moyzesni mag'lubiyatga uchratganimdan so'ng, TOP-5 dan davogar chiqadi deb o'ylayman. Balki Rafael Dos Anos yoki Toni Fergyuson.

Men Abu-Dabida Dos Anos bilan jang qilishim kerak edi, ammo u koronavirus yuqtirdi. Va keyin Vegasga kelib, men infekciya yuqtirdim. Biz jang qilishimiz kerak edi, ehtimol bu keyinroq sodir bo'lar“, - dedi Maxachev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: