SportUz.Net

Ikki Olimpiada chempionimiz "Eyndxoven kubogi"da ikkinchi janglarini o'tkazishdi

08.06.2025 12:36    


Rasmni yuklab olish

Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida boks bo'yicha nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda.

Xabaringiz bor, ushbu musobaqada Parij-2024 Olimpiadasi chempionlari Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev, Abdumalik Halokov hamda olimpiya o'yinlari ishtirokchisi To'rabek Habibullaev yurtimiz sport sharafini himoya qilyapti. 

CHarm qo'lqop ustalarimiz musobaqadagi ikkinchi janglarini o'tkazishdi. -60 kg vaznda ringga ko'tarilayotgan Abdumalik Halokov ozarbayjonlik Mahammadali Gasimzadani 5:0, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (-70 kg) esa germaniyalik Omar Sloianni xuddi shu hisobda yaqqol ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: