
IBF/IBO bo'yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkin 2013 yildayoq Rosado bilan ringda uchrashgan va uni nokaut qilgan.
"Jermell CHarlo, Xayme Mungiya, Gennadiy Golovkin, Kanelo Alvares - kimga qarshi bo'lsa ham jang qilishni xohlardim. Men katta janglarni istayman. Men hech qachon nufuzli to'qnashuvlardan qochmaganman.
Men Mungiya bilan jang qilishni xohlayman, u ham menga qarshi ringga chiqmoqchi. Xo'sh, nima uchun bu jang bo'lmasligi kerak? O'ylaymanki, bu jang sentyabr yoki oktyabr oyida bo'lib o'tadi. Yaqinda u jangida osongina nokaut bilan g'alaba qozondi. Men ham xuddi shu ishni amalga oshirdim, keling, biz jang qilamiz", - dedi Rosado AB Boxing News'ga bergan intervyusida.