Rossiyalik aralash yakkakurash ustasining menejeri Ali Abdel-Azizning xabar berishicha, Islam yarimo'rta vaznda kamida uchta jang o'tkazishni rejalashtirgan. Maxachev avstraliyalik Jek Della Maddalenaning kamarini tortib olganidan keyin bu chempionlik unvonini ikki bor himoya qiladi.
"Islam Maxachev – ayni paytda UFC`ning eng peshqadam jangchisi. Yana ikkita chempionlik himoyasidan so'ng u UFC tarixidagi eng buyuk jangchiga aylanadi", – dedi Abdel-Aziz.
Eslatib o'tamiz, Jek Della Maddalena 10 may kuni Monreal shahrda tashkil etilgan turnirda amerikalik Belal Muhammadni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, yarimo'rta vaznning yangi chempioniga aylangandi. Islam Maxachev esa engil vazndagi kamarini vakant qoldirib, yarimo'rta vazn toifasiga ikkinchi chempionlik kamarini qo'lga kiritish ilinjida o'tgan edi. U engil vazndagi kamarini to'rt bor muvaffaqiyatli himoya qilib, o'ziga xos rekord qayd etgandi.
Katta ehtimol bilan Maddalena - Maxachev jangi oktyabr oyida BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC 321 turniri doirasida o'tkaziladi.
Dmitriy Bivol: "UFC - monopol. SHu bois MMA jangchilari bokschilardan ancha kam daromad oladi"
Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi prof boksdagi bitta jangdan keyin faoliyatini yakunladi