SportUz.Net

Martin Bakole: "Mendan boshqa hech kim Usikni mag'lub eta olmaydi"

28.05.2025 09:45    


Rasmni yuklab olish

Kongolik superog'ir vaznli bokschi Martin Bakole divizionning mutlaq chempioni Aleksandr Usik va IBF kamari sohibi Daniel Dyubua o'rtasidagi revansh jangi haqida gapirdi.

"Mendan boshqa hech kim Usikni mag'lub eta olmaydi. Menimcha, Deontey Uaylderning davri tugadi. Usikni hozirda Martin Bakoledan boshqa hech kim to'xtata oladi, deb o'ylamayman. Nega bunday deyayotganimni bilaman, chunki men boksni chap qo'limda o'rganganman, raqibni qanday qilib to'xtatib, uni ringga qulatishni bilaman. Ammo Daniel Dyubua buni qila olmaydi. 

Usikni "Lo'lilar qiroli" engishini kutgandim, lekin Aleksandr uni ikki marta mag'lub qilganida hayratda qoldim. Joshua yaxshi, kuchli yigit, lekin ringni o'ziniki qila olmaydi. Dyubua hech qachon o'zgarmaydi, o'z uslubida qoladi, lekin Usik undan yaxshiroq", deydi Bakole.

Usik va Dyubua o'rtasidagi revansh jangi 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: