SportUz.Net

Xoakin Bakli: "Men Maxachev uchun qo'rqinchli tush bo'laman"

20.05.2025 09:12    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik yarimo'rta vazn (77 kg) toifasi UFC jangchisi Xoakin Bakli P4P reytingi etakchisi Islam Maxachevga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

Xabaringiz bor, Bakli hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevga faoliyatidagi yagona mag'lubiyatni taqdim etgan jangchi hisoblanadi. 

"Islam yarimo'rta vaznga o'tyapti. Endi divizionimizdagi hamma u bilan jang qilishni orzu qila boshlaydi. Bu xuddi muzqaymoqning bo'lagiga o'xshaydi. Islam bilan yo'llarimiz kesishmagan, yani u bilan yuzma-yuz ko'rishmaganmiz. Lekin o'zaro jangimiz oldidan u men ham haqimda ko'p narsani bilib oladi. Men u uchun qo'rqinchli tush bo'laman. CHunki, men aynan u qo'rqadigan narsani amalga oshira olaman. Della Maddalenada muammolar etarli, Islam bundan foydalanib qolishi mumkin. Maxachev Dellani mag'lub etishiga ishonaman", — deya Parry Punch nashriga intervyu bergan Bakli.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: