
YANGILASH
7:10. O'Melli - Moutino jangi bilan asosiy kard bahslari boshlanmoqda.
Prelim janglarning eng yaxshi vaziyatlari videosini tomosha qiling:
7:08. Prelim janglarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Karlos Kondit — Maks Griffin (Grifin ochkolar evaziga g'alaba qozondi)
Mikel Pereyra — Niko Prays (Pereyra ochkolar evaziga g'alaba qozondi)
Rayan Xoll — Iliya Topuriya (Topuriya birinchi raundda nokaut evaziga g'alaba qozondi)
Drikyu dyu Plessi — Treven Jil (Plessi ikkinchi raundda nokaut evaziga g'alaba qozondi)
Erta prelimlar:
Jennifer Mayya — Djessika Ay (Mayya ochkolar evaziga g'alaba qozondi)
Omari Axmedov — Bred Tavares (Tavares ochkolar evaziga g'olib bo'ldi)
Jalgas Jumagulov — Jerom Rivera (Jumagulov 1-raundda sabmishn evaziga g'alaba qozondi)
Alen Amedovskiy — Xu Yaozon (jang bekor qilindi)
7:00. Birozdan so'ng turnirning asosiy kard janglari boshlanadi. Kechaning markaziy to'qnashuvida esa Konor Makgregor Dastin Porega qarshi oktagonga chiqadi. Hozircha prelim kard janglari yakunlandi.
- Assalomu alaykum MMA sporti ishqibozlari. UFS 264 turniridan matnli translyaciyani boshlaymiz.
