
Ushbu jang oqshomi doirasida ikkinchi o'rta vazn toifasidagi hamyurtimiz SHerzod Husanov WBO reytingi etakchisi, WBC va IBF reytingidagi TOP-15 jangchisi hisoblangan britaniyalik Zak Parkerga qarshi ringga ko'tarildi.
WBO International kamari uchun kechgan jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Parker ilk raundda bokschimizning tanasiga berilgan zarbadan so'ng, Husanov jangni davom ettira olmadi va shu tariqa hamyurtimiz faoliyatidagi uchinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
SHerzod Husanov faoliyatida 26 marotaba jang o'tkazgan. Ularning 22 tasida g'alaba (10 ta nokaut), 3 ta mag'lubiyat (1 ta nokaut) va 1 ta durang qayd etilgan.
Parker esa 21 marotaba ringga ko'tarilib, ularning barchasida g'alaba qozongan (15 ta nokaut).
"Yirtqichlarcha his paydo bo'ldi". Abdumalik Xalokovni tishlab olgan SHumkov final haqida gapirdi