U 19 aprel kuni AQSHning Kaliforniya shtati, Kommers shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida Meksika vakili Elias Espadasga qarshi ringga ko'tariladi. Jang 10 raund etib belgilangan.
27 yashar Sadriddin uchun bu faoliyatidagi 16-jang bo'ladi. U bundan avvalgi janglarining barchasini g'alaba bilan yakunlagan (13 KO). 34 yoshli Espadas hisobida esa 23 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor. Mag'lubiyatlaridan birini 2022 yilda taniqli Ksander Zayasdan qabul qilib olgan.
Sadriddin so'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida super yarim o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik WBA sobiq chempioni Isroil Madrimov mag'lub etgan Rafael Igbokvega qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'olib bo'lgandi.