SportUz.Net

Saidyoqub Qahramonov: "SHartnoma imzolandi, men yana "qafas"ga qaytaman"

09.04.2025 17:06    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov navbatdagi jangi uchun shartnomaga imzo chekkanini malum qildi.

"SHartnoma imzolandi va men 17 may kuni yana "qafas"ga qaytaman. Bu yil band bo'lishimdan xursandman. Bu jangga rostdan ham tayyorgarlik ko'raman. Biroz motivaciyam bor", deb yozdi Qahramonov o'zining X (Twitter)dagi sahifasida.

Avval xabar berganimizdek, Qahramonov 17 may kuni AQSHning Michigan shtati, Flint shahrida tashkil etiladigan WXC 97 (Warrior Xtreme Cagefighting) turniri doirasida amerikalik UFC sobiq jangchisi Xose Jonsonga qarshi bahs olib boradi.

Saidyoqub 28 mart kuni bir yillik tanaffusdan keyin MMA bo'yicha jangda ishtirok etib, XFC 52 turniri doirasida braziliyalik Bruno Santosni mag'lub etgandi. Samarqandlik sportchi 2021-2022 yillar davomida UFC'da 3 ta jang o'tkazib, 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Uning umumiy rekordi 12 g'alaba va 3 ta mag'lubiyatdan iborat. 

Qahramonov bilan tengdosh Xose Jonson esa UFC'da 2023-2025 yillar oralig'ida 4 ta jang o'tkazib, 1 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirgan. Prof faoliyatini 2016 yilda boshlagan sportchi hozirga qadar umumiy 16 ta g'alaba va 10 ta mag'lubiyatni qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: