SportUz.Net

WBC prezidenti: "Bivolning advokati keltirgan dalillar shunchaki bemani"

09.04.2025 14:42    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks kengashi rahbari Maurisio Suleyman yarimog'ir vazn toifasidagi chempion Dmitriy Bivolning tashkilot kamaridan voz kechganiga izoh berdi.

"Dmitriy Bivolning advokati Patrik Inglsdan sovuq xabar oldim. Uning dalillari shunchaki bemani. Dmitriy Bivol WBC yo'nalishi yarimog'ir vazn toifasida chempionlik unvonidan voz kechgani haqidagi xabarni muhokama qilmaganim maqul bo'lardi. Bivolga muvaffaqiyat tilaymiz va Devid Benavides WBC yo'nalishi bo'yicha yarimog'ir vazn toifasida to'laqonli chempionga aylanganini tasdiqlaymiz", deb yozdi Suleyman o'zining X'dagi sahifasida.

Hozirda Bivol jamoasi Benavides bilan jang o'rniga ko'proq pul keltiradigan Artur Beterbiev bilan uchinchi to'qnashuvni tashkil etishga harakat qilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: