SportUz.Net
iks
ads

Tim Czyu Spark ustidan qozongan nokautli g'alabasi haqida gapirdi

08.07.2021 14:00    


Rasmni yuklab olish

Avstraliyalik birinchi engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tim Czyu Stiv Spark ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi.

Czyu JR uchinchi raundda raqibini nokaut evaziga mag'lub etdi. 

"Men zavqlandim va bu eng muhimi. Bu biznes. O'zimga kelsak, mening bitta maqsadim bor: oldimda kim paydo bo'lsa, unga qarshi turib berish. Bu mening ringim, bu mening divizionim", - dedi Tim Czyu jangdan so'ng. 

Czyu JR birinchi o'rta vazn toifasida WBO Global kamarini himoya qildi va engil vazn toifasida vakant qolgan Millatlar Hamdo'stligi unvonini qo'lga kiritdi. SHuningdek, u Avstraliya va Osiyo mintaqasi IBF kamari sohibidir. 26 yoshli sportchi professional ringdagi 19 jangda 19 g'alabaga erishdi (15 nokaut bilan).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: