
"Konor - yaxshi raqib. Bu yigitda pul judayam ko'p. Boshqa jang qilmasa ham bo'ladi.
Uning barcha etibori ushbu jangda. Konor oktagonga chiqib, reytingdagi birinchi raqamni mag'lub qilsa, so'zsiz chempionlik uchun jang qilish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
UFC'da ko'p gapiradigan va so'zining ustidan chiqa olmaydiganlar juda ko'p. Konor esa har doim va har qanday sharoitda istalgan raqib bilan jang qilishga tayyor bo'lgan. U aqlbovar qilmas darajada boy, ammo u jangga qanchalik tashna ekan?
Buni shanba kuni bilib olamiz", - dedi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz UFC 264 turniri bizning vaqt bilan 11 iyul tongida o'tkaziladi.