SportUz.Net
iks
ads

Petr Yan - Aljameyn Sterling revansh jangi muddati aytildi

08.07.2021 12:00    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznda UFC chempioni, amerikalik Aljameyn Sterling hamda ushbu kamarning sobiq sohibi, rossiyalik Petr Yan o'rtasidagi revansh jangi kutilganidan avvalroq o'tkaziladi.

Bu haqida tashkilot prezidenti Dana Uayt UFC Arabia kanaliga bergan intervyusida malum qildi.

"Ha, bu jang o'tkaziladi. Katta ehtimol bilan oktyabr oyida muxlislar chempionlik jangiga guvoh bo'lishadi. Demak, revansh jangi kutilganidan avvalroq tashkil etiladi", - dedi Uayt.

Eslatib o'tamiz, shu yilning mart oyida o'tgan jangda Aljameyn Sterling ushbu vaznda yangi UFC chempioni deb elon qilingandi. Bunga Petr Yanning taqiqlangan zarba bergani uchun diskvalifikaciya qilingani sabab bo'lgandi. 

Takidlash joiz, 30 oktyabr kuni promoushenning UFC 267 turniri o'tkaziladi. Oqshomning markaziy jangida yarimog'ir vaznda UFC chempioni Yan Blaxovich davogar Glover Teysheyraga qarshi oktagonga ko'tariladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: