
Pyotr Yan o'zining Tvitter sahifasida Aljameyn Sterlingni juda qo'pol tarzda haqoratlagandi. Aljo esa quyidagicha javob qaytardi:
"O'zing iflos usul bilan menga zarba berib, yana tinmay meni haqorat qilayotganing g'alati. Sen o'zingni eng kuchli ekaningni isbotlash imkoniyatiga ega eding. Senga qarshi hamma bilan jang qilib chiqqan va chempionlik jangiga LOYIQ jangchi kurashdi. Sen esa nohaqlik qilding", - deb yozadi Sterling.
Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan taqiqlangan zarba berganidan so'ng, kamaridan ayrilib qolgandi. SHundan beri, ikki jangchining ijtimoiy tarmoqlardagi "kurashi" davom etib kelmoqda.