SportUz.Net

"Jon Jons mendan qochib, og'ir vaznga o'tgan" - Yan Blaxovich

21.03.2025 18:18    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni, Yan Blaxovich amaldagi og'ir vazn chempioni Jon Jons haqida fikr bildirdi.

"Jon Jons og'ir vaznga o'tib ketganidan xafa bo'ldim, chunki u men bilan jang qilishga ikki marta vada bergan edi.

Korri Andersonga qarshi jangimdan ikki hafta oldin uni savdo markazida uchratdim. U: "Agar sen g'alaba qozonsang, keyingi raqibim bo'lasan", dedi. Men Andersonni mag'lub etganimdan keyin ham u xuddi shu so'zlarni takrorladi. Biroq, keyin u og'ir vaznga o'tishini elon qildi. U mendan qochib ketdi.

Men uning zaliga borib, u bilan sparring o'tkazishni xohlayman. Bu menga kerak", - dedi Blaxovich.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: