Ushbu reytingdan o'zbekistonlik uch nafar bokschi o'rin olgan.
Elon qilingan yangi reytingda o'zbekistonlik bokschilarning o'rni quyidagicha:
Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek WBA yo'nalishi chempioni ham hisoblanadi.
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,5 kg) SHohjahon Ergashev to'rtinchi o'ringa joylashgan. Ushbu vaznda chempionlik kamari Josh Teylorga tegishli.
Yarimo'rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pog'onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy davogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli. Qudratillo Abduqahhorov 13 fevral kuni AQSHda Puerto-Riko vakili Xaver Floresga qarshi jang qiladi.
SHahram G'iyosov The Ring reytingida o'tgan oydagi kabi sakkizinchi o'rinda qayd etildi
UFC jangchisi Arman Carukyan greppling qoidalari asosida o'tkazilgan turnir g'olibiga aylandi