
Bu haqda TASS sportchi jamoasining vakiliga asoslanib xabar bermoqda.
"Xamzat tizzasidan operaciya qilinishi ehtimoli bor", - deyiladi manbada.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Xamzat CHimaev koronavirus bilan kasallangan edi. COVID-19dan keyin sog'lig'i bilan bog'liq jiddiy muammolarga duch keldi, bu unga jismoniy mashg'ulotlar qilishga xalaqit berdi. CHimaev sportdan ketishini elon qildi. Ammo CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov sportchini aralash yakkakurashlardan voz kechmaslikka ishontirganlardan biri bo'ldi.