SportUz.Net
photo photo

Xabib Fergyuson haqida: "Uni hech qachon top jangchi deb hisoblamaganman"

22.02.2021 08:20    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Magomed Ismailovga bergan intervyusiga Toni Fergyuson haqida fikr bildirdi.

"Uni hech qachon top jangchi deb hisoblamaganman. Birinchidan, qanday qilib 37 yoshda engil vaznda eng zo'rlardan biri bo'lish mumkin? Bu yoshda top bo'lishga hech kimni kuchi etmaydi, hattoki meni ham. 

Ikkinchidan, Toni 2016 yilda bir nechta nomlarga qarshi jang qildi, biroq o'sha vaqtlarda ularning ko'pchiligini faoliyatida ancha pasayish bo'lgan. SHundan so'ng deyarli besh yil davomida tayinli jangchiga qarshi oktagonga ko'tarilmadi. Uni ancha yosh va kuchli bo'lgan CHarlz Oliveyra va Jastin Getji yosh bolani urgandek do'pposlashdi.

Barcha gap so'zlarga yakun yasash uchun unga qarshi jang qilishni istadim, biroq yaratgan buni istamadi. Goh unga nimadir bo'ldi, goh menga. Lekin shunisi aniq - turgan holga menga hech qanday zarar keltira olmasdi. Parterda esa uni shunchaki bosib ketgan bo'lardim",-dedi Xabib



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: